6 201
Facebook mualliflik huquqlari buzilishini aniqlash bo‘yicha o‘z texnologiyasini ishlab chiqmoqda
Etakchi ovoz yozish studiyalari Facebook’dan mualliflik huquqlari himoyasi bo‘yicha ishlarni kuchaytirishni talab qildi, deb yozadi «Vedomosti»ga asoslanib «Daryo» nashri. Ular ijtimoiy tarmoqning mualliflik huquqi bilan himoyalangan materiallardan iborat video va audiopostlarni o‘chirib tashlashini so‘ramoqda.
Financial Times manbalariga ko‘ra, Facebook mualliflik huquqlarini buzadigan kontentni aniqlash bo‘yicha o‘z texnologiyasini ishlab chiqmoqda. U YouTube’dagi Content ID’ga o‘xshash bo‘ladi. Bunda YouTube’ga joylanadigan roliklar huquq egalari tomonidan yuborilgan fayllardan iborat Content ID bazasi bilan taqqoslanadi. Mos fayllar aniqlangan taqdirda, Content ID huquq egasi nomidan rolik uchun huquqni da’vo qiladi.
Facebook’ning texnologiyasi ishga tushishi bilan, kompaniya ovoz yozish leybllari bilan lisenziya kelishuvini ishlab chiqish bo‘yicha muzokaralarni boshlashi mumkin bo‘ladi, unga muvofiq huquq egalari saytda o‘z roliklari ko‘rsatilgani uchun pul ola boshlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?