Tish implantantlarini o‘rnatish ancha rivojlangan jarayon bo‘lsa-da, hali mukammallikdan yiroq. Og‘iz bo‘shlig‘idagi infeksiyalar - mazkur jarayonni qiyinlashtiruvchi eng asosiy sabablardan biri hisoblanadi. Ispaniyadagi Bask okrugi universitetining mutaxassislar guruhi protez atrofida suyak shakllanishiga olib keluvchi tish implantantlarining yangi turini ishlab chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Hi-News'ga asoslanib Kun.uz sayti xabar berdi.
Tadqiqotchilar guruhini doktor Polla Beatris boshqaradi. Bugungi kunga kelib, implantantning uch xil versiyasi yaratilgan, ularning eng so‘nggisi patent xizmatining tasdig‘iga ega bo‘ldi. Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, o‘rnatilgan tish protezlarining taxminan 10 foizini infeksiyalar yoki osteogenez jarayonidagi (implantant atrofida suyakning shakllanishi) buzilishlar tufayli olib tashlashga to‘g‘ri keladi.
Implantantning uch versiyasi ham hali bir qator klinik sinovlardan o‘tkaziladi, biroq mutaxassislar ularning zamonaviy stomatologiya bozoriga imkon qadar tezroq chiqishiga umid bildirishmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»