Qualcomm kompaniyasi yilning birinchi texnologik ko‘rgazmasi - CES 2017’da yangi mobil prosessorni taqdim etadi. Bu haqda ishlab chiqaruvchilar ma’lumotiga asoslanib Kun.uz sayti yozmoqda. Snapdragon 835 chipseti o‘z yo‘nalishi bo‘yicha eng kuchli bo‘ladi.
Qualcomm Snapdragon 820 va 821 14-nm texnologiya bo‘yicha yaratilgan. Snapdragon 835 ular bilan solishtirganda 30 foiz kamroq joyni egallaydi. Bundan tashqari, yangi prosessorning energiya sarflash hajmi 40 foizga kam.
Snapdragon 835’ning ishlab chiqarish miqdori ham avvalgilarga qaraganda 27 foizga ko‘proqdir.
Uning maksimal taktlash chastotasi 2,2 GGs.ni tashkil qiladi. Sakkizta yadro Adreno 540 grafika prosessoriga qo‘shimcha tarzda biriktirildi.
Bundan tashqari, yangi chipset Quick Charge 4 tez quvvat olish texnologiyasiga ega – akkumulyator sig‘imi 2750 mAs bo‘lgan smartfonni 5 daqiqada 5 soatlik ishlashga mo‘ljallab quvvatlantirish mumkin. U USB-kabel holati va turini aniqlashi mumkin. Bu esa sifatsiz simlar sabab akkumulyatorga zarar etishning oldini oladi. Smartfonni qizib ketishdan to‘rt darajali himoya tizimi ajratib turadi.
Kutilishicha, Snapdragon 835 asosida Samsung Galaxy S8, LG G6 va Xiaomi Mi6 yaratiladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi