Endi Google yo‘qolgan va o‘g‘irlangan telefonlarni ham qidirib topadigan bo‘ldi. Hozircha bu faqat Android telefonlar uchun ishlaydi. Bu haqda “«Afisha.uz»ga asoslanib «Daryo.uz» xabar bermoqda.
Agar telefoningiz o‘g‘irlansa yoki uni shunchaki topa olmayotgan bo‘lsangiz, stol kompyuterida Google qidiruv tizimiga find my phone jumlasini tering. Bu ish berishi uchun telefonga Google dasturining so‘nggi versiyasi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
Google bosh sahifasida find my phone so‘rovini bergach, haqiqatan ham telefon egasi ekanligingizni tasdiqlash uchun tizimga qaytadan kirish zarur, shunda xaritada qurilmaning taxminiy joyini ko‘rish mumkin bo‘ladi.
Agar u qayerdadir yo‘qolib qolgan bo‘lsa, qidiruv sahifasi orqali smartfonga ovozli signal yuborish mumkin, u besh daqiqa davomida maksimal balandlikda yangrab turadi. Shuningdek yangi funksiya yordamida telefonni bloklash yoki smartfondagi ma’lumotlarni o‘chirish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi