Texaslik (AQSh) juftlik Apple korporasiyasini YTHga aloqadorlikda ayblamoqda. Ushbu YTHda ularning besh yashar qizi halok bo‘lgan edi, deb xabar beradi «Daryo».
23 dekabr kuni Kaliforniya oliy sudiga kiritilgan da’vo arizasiga ko‘ra, Jeyms va Betani Modisett kompaniyani FaceTime’ning xavfsiz muqobilini yarata olmaganlikda aybdor deb hisoblamoqda. Bundan tashqari, ularning fikricha, kompaniya haydovchilarni mazkur dastur ayrim vaziyatlarda xavf tug‘dirishidan ogohlantirmagan.
2014 yilgi Rojdestvo arafasida Dallas shahri yaqinida YTH ro‘y berdi. Modisett oilasining avtomobilida, juftlikdan tashqari, ularning ikki qizi ham bor edi. Ularning ortidan kelayotgan avtomobil haydovchisi Garrett Vilxelm FaceTime orqali suhbatga berilib ketgan, buning oqibatida uning Toyota 4Runner mashinasi katta tezlikda Modisettlar oilasi mashinasiga urildi. Barcha oila a’zolari jarohat oldi, ammo qizlardan birini saqlab qolishning iloji bo‘lmadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega?
Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi