Kingston Technology kompaniyasi 1 va 2 Tb hajmga ega DataTraveler Ultimate seriyasidagi fleshkalarni taqdim qildi. Kompaniya bu fleshkalarni dunyodagi eng katta xotiraga ega fleshkalar deb atamoqda. Fleshka ma’lumotlarni saqlash uchun juda katta hajm berishi bilan uning o‘lchamlari bor-yo‘g‘i 72 x 27 x 21 mm ni tashkil qiladi.
Fleshkadan ma’lumotni o‘qish va uni yozish tezligi ma’lum qilinmagan, uni kompyuterga ulash uchun ma’lumotlar bilan tez ishlashga mo‘ljallangan USB 3.1 qo‘llanadi. Yangi fleshkalarning korpusi yuqori mustahkamlikka ega rux qotishmasidan tayyorlangan. Ular savdoda 2017 yil fevral oyida paydo bo‘lishi kerak. Fleshkaning narxi ma’lum qilinmagan. Albatta bu fleshkalar nafaqat dunyodagi eng sig‘imdor, balki eng qimmat fleshkalar ham bo‘lishini taxmin qilsa bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring