10:44 / 06.01.2017
7 478

Xitoyliklar uchuvchisiz uchar taksini sinovdan o‘tkazdi (video)

Xitoyliklar uchuvchisiz uchar taksini sinovdan o‘tkazdi (video)

Xitoyning EHang kompaniyasi yo‘lovchi tashuvchi uchuvchisiz uchar taksi EHang 164’ni sinovdan o‘tkazgan videoni namoyish etdi, deb yozadi «Daryo» .

EHang 164’ning uchish sinovlari 2016 yilda o‘tkazilgan. O‘tgan yilning o‘rtalarida kompaniya qurilmaning faqat kichraytirilgan prototipini sinovdan o‘tkazgan edi. Yangi sinovlar doirasida EHang’ning harakatlanish tezligi, boshqaruvi va parvozlarni kechasi amalga oshirish imkoniyati tekshirildi.

Uchuvchisiz uchar taksi EHang 164 kvadrokopter sxemasi bo‘yicha ishlangan bo‘lib, har bir qanoti uchiga ikkitadan elektromotor o‘rnatilgan. Elektromotorlar yuqoriga va pastga yo‘naltirilgan havo vintlarini harakatga keltiradi.

Taksi umumiy og‘irligi 100 kilogrammgacha bo‘lgan yo‘lovchilarni tashiy olishi kutilmoqda. Qurilma soatiga 100 kilometrgacha tezlikka erisha oladi va havoda 23 daqiqagacha ucha oladi.

2017 yilda kompaniya uchuvchisiz uchar taksini kengaytirilgan sinovlarini o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xitoyliklar uchuvchisiz uchar taksini sinovdan o‘tkazdi (video)