00:04 / 21.04.2015
6 261

Google, eBay va AliExpress rossiyaliklarning ma’lumotlarini mamlakat ichkarisida saqlashga rozi bo‘ldi

Google, eBay va AliExpress rossiyaliklarning ma’lumotlarini mamlakat ichkarisida saqlashga rozi bo‘ldi

AQShning Google va eBay hamda Xitoyning AliExpress savdo maydonchasi rossiyaliklar haqida shaxsiy ma’lumotlarni Rossiyada hududida joylashgan serverlarda saqlaydi. Bu haqda Roskomnadzor rahbari Aleksandr Jarov tashkilotning 20 aprelda o‘tgan hay’at majlisida aytib o‘tdi, deb yozadi Kun.uz.

Jarov Roskomnadzor vakillari bu masala bo‘yicha ushbu biznes vakillari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazganlarini ta’kidlab o‘tdi. “Natijada Rossiya qonunchiligining talablarini eBay va AliExpress kabi kompaniyalar bajarishga rozi bo‘ldilar. Mening bilishimcha, Google ham bu talablarga rioya qilishni mo‘ljallamoqda”, deb aytdi Jarov.

Bundan tashqari, sentyabrdan amal qiladigan yangi qonunni bajarish doirasida Rossiyada shaxsiy ma’lumotlar sub’ektlarining huquqlari qoidabuzarlari ro‘yxatini tuzish rejalashtirilmoqda. Roskomnadzor rahbarining buyrug‘iga binoan, ro‘yxatni tuzish bu yilning 15 avgustigacha o‘z nihoyasiga etkazilishi kerak.

2014 yilning iyulida Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida”gi va “Axborot, axborot texnologiyalari va axborotni himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlarga o‘zgartirishlar kiritilishini tasdiqladi. 2015 yilning 1 sentyabridan kuchga kiradigan bu tuzatishlar Rossiyada biznes bilan shug‘ullanuvchi internet-kompaniyalarga Rossiya fuqarolari haqidagi shaxsiy ma’lumotlarni Rossiya hududida joylashgan serverlarda saqlash majburiyatini yuklaydi. Roskomnadzor aloqa operatorlaridan shaxsiy ma’lumotlarning mamlakat ichkarisida saqlanishiga kafolat bermaydigan internet-resurslarga kirishni cheklashni talab qilish vakolatini oldi.

AQShning Google va eBay hamda Xitoyning AliExpress savdo maydonchasi rossiyaliklar haqida shaxsiy ma’lumotlarni Rossiyada hududida joylashgan serverlarda saqlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Google, eBay va AliExpress rossiyaliklarning ma’lumotlarini mamlakat ichkarisida saqlashga rozi bo‘ldi