2014 yilning kuzida Android operasion tizimini ishlab chiquvchilar jamoasiga rahbarlik qilgan Endi Rubin Google kompaniyasini tark etishga qaror qilgan edi, deb yozadi «Daryo» nashri.
2015 yil oxirida Endi Rubin Android bazasidagi yangi qurilmani taqdim etib, smartfonlar bozoriga qaytish niyatida ekanligi ma’lum bo‘lgan edi.
Endi esa Rubin Essential Products kompaniyasiga asos solgani, u haqiqatan ham yangi smartfon ustida ishlayotgani aniq bo‘ldi. Bundan tashqari, kompaniya mobil qurilmalar bozori va «aqlli» uy uchun qurilmali echimlar bilan shug‘ullanadi. Essential Products’da bor-yo‘g‘i 40 kishi ishlaydi, kompaniya tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan savdo belgilari orasida smartfonlar, planshetlar, mobil qurilmalar uchun aksessuarlar va operasion tizimlar tilga olinadi.
Manbalar romsiz dizayn hamda aksessuarlar yordamida qurilma funksionalligini kengaytirish imkoniyatiga ega premium smartfonni alohida qayd etmoqda. Bunda gap modulli smartfon haqida bormoqda, uning qo‘shimcha aksessuarlari magnitli tutqichlar yordamida mahkamlanadi. Aksessuarlar nafaqat qurilmaning funksionalligini kengaytiradi, balki qo‘shimcha quvvat manbalari ham bo‘ladi.
Qurilma yil o‘rtalarida taqdim etilishi kerak, uning narxi zamonaviy premium smartfonlar darajasida bo‘ladi, uni ishlab chiqarish bilan Foxconn shug‘ullanishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega?