19:08 / 17.01.2017
5 782

Alibaba qalbaki mahsulotlar bilan kurashga jiddiy kirishdi

Alibaba qalbaki mahsulotlar bilan kurashga jiddiy kirishdi

Xitoyning internet-tijorat sohasida faoliyat yurituvchi Alibaba kompaniyasi o‘z savdo maydonchalarida qalbaki mahsulotlar bilan kurash kampaniyasini boshladi. Bu haqda Kun.uz yozmoqda.

Alibaba bunday mahsulotlar bilan kurash chorasi sifatida nufuzli brendlar, savdo assosiasiyalari va intellektual mulk sohasidagi ekspertlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi. Ular orasida Louis Vuitton, Swarovski va boshqa mashhur markalar bor.

Kompaniya bunday hamkorlik bozor ishtirokchilariga kompaniya bilan intellektual mulk sohasidagi tajribalarini o‘rtoqlashish imkonini berishidan umid qilmoqda. Alibaba buning o‘rniga alyans a’zolariga qalbaki mahsulotlar borasidagi ma’lumotlar va texnik ko‘mak taqdim etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Alibaba qalbaki mahsulotlar bilan kurashga jiddiy kirishdi