13:33 / 18.01.2017
6 991

OTB O‘zbekistonda ikkinchi quyosh stansiyasini ham moliyalashtirishi mumkin

OTB O‘zbekistonda ikkinchi quyosh stansiyasini ham moliyalashtirishi mumkin

O‘zbekiston hukumati Surxondaryo viloyatida mamlakatdagi ikkinchi quyosh elektrstansiyasini barpo qilish uchun Osiyo taraqqiyot banki mablag‘larini jalb etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda "UzDaily"ga asoslanib Kun.uz sayti yozmoqda.

Hukumat Surxondaryoning Sherobod tumanida barpo qilishni rejalashtirgan quyosh elektrstansiyasi loyihasini amalga oshirish maqsadida OTBning 100 mln dollarlik kreditini jalb etish niyatida.

Respublikadagi ikkinchi quyosh elektrstansiyasining quvvati 100 mVt bo‘ladi. Ushbu stansiya ishga tushgach, yiliga 177 gVt•s elektrenergiyasi ishlab chiqishi kutilayapti. Kredit 2017 yilning ikinchi yarim yilligida taqdim etilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, OTB 2013 yili Samarqand viloyatida quyosh fotoelektr stansiyasini barpo qilish loyihasi uchun O‘zbekistonga 110 ml dollar miqdorida kredit ajratgan edi. Markaziy Osiyodagi birinchi geliostansiyaning quvvati 100 mVt bo‘lishi aytiladi.

2016 yil dekabr oyida Xitoyning Zhuhai Singyes Green Building Technology Co. Ltd kompaniyasi Samarqand viloyatida quyosh elektrstansiyasini qurish bo‘yicha tenderda g‘olib chiqqan edi. Geliostansiya yiliga 200 mln kVt•s elektroenergiyasi ishlab chiqaradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » OTB O‘zbekistonda ikkinchi quyosh stansiyasini ham moliyalashtirishi mumkin