10:11 / 19.01.2017
5 619

Google Twitter’dan ilovalar yaratishga mo‘ljallangan servisni xarid qildi

Google Twitter’dan ilovalar yaratishga mo‘ljallangan servisni xarid qildi

Google kompaniyasi tarkibiga kiruvchi Alphabet xoldingi Fabric mobil ilovalarni yaratish servisini xarid qildi. Bu haqda kompaniya xabariga asoslanib Kun.uz yozmoqda.

«Bugun biz Fabric tarixida yangi sahifani ochmoqdamiz va uning Google’ga qo‘shilayotganini katta mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz. Jamoa Google dasturchilari guruhiga kiradi», - deyiladi kompaniya xabarida.

Kelishuv qiymati oshkor etilmadi.

Ma’lumot uchun, Twitter Fabric’ni tashkil etish haqida 2014 yilning oktyabrida ma’lum qilgandi. O‘shandan beri servisni ishlatuvchi dasturchilar soni 580 mingni tashkil etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Google Twitter’dan ilovalar yaratishga mo‘ljallangan servisni xarid qildi