20:18 / 24.04.2015
7 622

Facebook smartfonlar uchun kiruvchi qo‘ng‘iroq raqami egasini aniqlovchi dastur chiqardi

Facebook smartfonlar uchun kiruvchi qo‘ng‘iroq raqami egasini aniqlovchi dastur chiqardi

Facebook kompaniyasi smartfonlar uchun kiruvchi qo‘ng‘iroqqa qarab telefon qilayotgan kishining shaxsini aniqlovchi ilova yaratib, uni Hello nomi bilan AQSh bozoriga chiqardi. Bu haqda TASS'ga asoslanib Daryo nashri xabar bermoqda.

Yangi ilova smartfon yoki uyali telefon sohibiga yoqimsiz suhbatdosh yoki og‘ir muloqotning oldini olishi imkonini beradi. Hozirgacha raqam sohibi faqatgina u kontaktlar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lsa aniqlaydigan funksiya mavjud edi, Facebook chiqargan dastur esa kiruvchi raqam egasini ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlarga qarab aniqlab beradi.

Hozirda Hello AQShning turli shaharlarida ko‘ngillilarga tarqatilmoqda. Agar foydalanuvchilar u haqida ijobiy fikr bildirsa, boshqa davlatlarga ham chiqariladi. Ta’kidlash lozimki, ilova faqatgina Facebook foydalanuvchisi bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar raqamlarini aniqlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Facebook smartfonlar uchun kiruvchi qo‘ng‘iroq raqami egasini aniqlovchi dastur chiqardi