14:10 / 28.01.2017
7 189

Facebook ijtimoiy tarmog‘iga elektron kalit yordamida kirish imkoniyati paydo bo‘ldi

Facebook ijtimoiy tarmog‘iga elektron kalit yordamida kirish imkoniyati paydo bo‘ldi

Facebook ijtimoiy tarmog‘ida yangi imkoniyat paydo bo‘ldi. Tarmoq foydlanuvchilari o‘z profiliga elektron kalit vazifasini bajaruvchi jamlovchi qurilma yordamida kirishi mumkin. Bu haqda «TASS»ga asoslanib «Daryo» xabar berdi.

Facebook kompaniyasining ma’lumotlar muhofazasi bo‘yicha mutaxassisi Bred Hillning aytishicha, endi foydalanuvchilar o‘z akkauntida fizik xavfsizlik kalitini ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin. Ijtimoiy tarmoqqa kirish uchun foydalanuvchi tashqi xotira qurilmasi ko‘rinishidagi elektron kalitni USB portiga ulaydi.

Kompaniya bayonotida ta’kidlanishicha, bu imkoniyatning qo‘llanilishi akkauntni himoya qilishning boshqa usullariga nisbatan tezroq, shuningdek, bir qator ustunliklarga ega. Foydalanuvchi xavfsizlik kodini eslashi va uni mustaqil kiritishi shart emas. Demak parolni firibgarlar bila olmaydi. Elektron kalit boshqa akkauntlarni, shu jumladan, Google va Dropbox xizmatlarini faollashtirish uchun ham qo‘llanilishi mumkin.

Facebook uchun bunday elektron kalitlarni YubiKey kompaniyasidan sotib olish tavsiya qilinmoqda. Yangi imkoniyat, kompaniya bayonotida qayd etilganidek, hozircha hamma brauzerlar va mobil qurilmalarda ishlamaydi, shuning uchun Facebook vakillari elektron kalitni xavfsizlikni ta’minlovchi boshqa usullar bilan birgalikda qo‘llashni maslahat bermoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Facebook ijtimoiy tarmog‘iga elektron kalit yordamida kirish imkoniyati paydo bo‘ldi