23:46 / 27.04.2015
7 078

Alibaba va China Telecom smartfonlar sotish uchun birlashdi

Alibaba va China Telecom smartfonlar sotish uchun birlashdi

Xitoyning onlayn-savdolar sohasidagi etakchisi Alibaba Group Holding kompaniyasi Xitoyning China Telecom davlat telekommunikasiya kompaniyasi bilan kichik shaharlar va qishloq joylarida savdolarning rivojlanishiga ko‘mak berish maqsadida qimmat bo‘lmagan smartfonlarni sotish uchun o‘z kuchlarini birlashtirmoqda, deb yozadi Kun.uz.

Tianyi Taobao Shopping Handsets markasi ostida sotiladigan qurilmalar Alibaba ning flagman-do‘koni Taobao ga kirish uchun dastur bilan taqdim qilinadi yoki umuman Alibaba’ning Android negizidagi YunOS tizimi ostida ishlaydi. Arzon smartfonlar xaridorlariga 4 oy mobaynida bepul 2G-internet taqdim qilinadi. Alibaba bunday hamkorlik evaziga u Xitoyning kam rivojlangan hududlarida o‘zining o‘rnini mustahkamlay olishga hamda o‘zining mobil operasion tizimi YunOS ning keng miqyosda tarqalishiga erishadi.

Coolpad, Hisense va TCL kabi kompaniyalarning 6 ta modeli oldindan o‘rnatilgan, Xitoyda har oy 200 mln dan ortiq odam foydalanuvchi Mobile Taobao dasturi bilan sotiladi. Xitoyda kamroq mashhur bo‘lgan Uniscope, Ctyon va Kingsun markalariga tegishli yana 8 ta model YunOS tizimi ostida ishlaydi hamda xaridorlarga xaridlar uchun akkaunt ochish, bulutli omborxona va Alibaba ning oldindan o‘rnatilgan boshqa xizmatlarini taqdim qiladi.

Xitoy huqumati bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda internetdan mobil qurilmalar yordamida 557 mln ga yaqin odam foydalanadi. Biroq hozirda smartfonlar bozori o‘zining uncha yaxshi bo‘lmagan davrlarini boshidan kechirmoqda. Xitoy sanoat va informasion texnologiyalar vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2014 yilda mamlakatda 389 mln dona mobil qurilma sotilgan. 2013 yilda esa bu ko‘rsatkich ko‘proqni – 423 mln donani tashkil qilgan edi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Alibaba va China Telecom smartfonlar sotish uchun birlashdi