12:41 / 28.04.2015
6 987

Facebook Messenger ilovasiga videoqo‘ng‘iroqlar funksiyasini qo‘shdi

Facebook Messenger ilovasiga videoqo‘ng‘iroqlar funksiyasini qo‘shdi

Facebook kompaniyasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Messenger ilovasiga videoqo‘ng‘iroqlar funksiyasini qo‘shdi Messenger ilovasiga videoqo‘ng‘iroqlar funksiyasi qo‘shildi. Endi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari mobil ilova orqali videoaloqaga chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu funksiyani 18 mamlakatda yashovchi iOS va Android tizimidagi smartfonlarga ega foydalanuvchilar qo‘llashi mumkin bo‘ladi, deb yozadi Kun.uz.

Funksiyani ishga tushirish uchun smartfon yoki planshet ekranining yuqori o‘ng burchagidagi kamera yorlig‘ini bosish kifoya.

Ilova yaratuvchisi Sten Chudnovskining aytishicha, yaqin orada Messenger’ga guruh qo‘ng‘iroqlari hamda veb-interfeys orqali qo‘ng‘iroq qilish funksiyalari qo‘shilishi rejalashtirilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Facebook Messenger ilovasiga videoqo‘ng‘iroqlar funksiyasini qo‘shdi