LG kompaniyasi G4 smartfonining rasmiy taqdimotini o‘tkazdi. Taqdimot CNet sayti tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyasiya qilindi, deb yozadi Kun.uz.
Smartfon 5.5 dyuymli 2560×1440 nuqtali displey ega bo‘lib, u IPS texnologiyasi asosida yaratilgan; shuningdek, u to‘rtinchi avlod Gorilla Glass oynasi bilan qoplangan. Telefon olti yadroli Qualcomm Snapdragon 808 prosessori hamda 3 GB li operativ xotira bilan ta’minlangan. Apparatning 16 megapikselli kamerasiga lazerli avtofokus o‘rnatilgan.
Smartfonning orqa qopqog‘i teri bilan qoplangan. Shuningdek, uning keramika va plastmassa bilan qoplangan nusxalari chiqarilishi ma’lum qilindi.
Smartfon Koreyada 29 aprel kuni sotuvga chiqariladi. Yangi apparatni boshqa mamlakatlarda xarid qilish imkoniyati qachon paydo bo‘lishi ma’lum qilinmagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»