Lenovo Android'da ishlovchi Yoga A12 byudjet noutbuk-transformerini namoyish qildi. Bu katta muhokamaga sabab bo‘lgan Yoga Book'ning xuddi o‘zi, faqat arzonroq va Windows'siz. Bu haqda "Layfxaker"ga asoslanib "Kun" nashri xabar berdi.
2017 yilda Lenovo kompaniyasi barchani ajoyib Yoga Book bilan hayratga soldi. Qurilma noodatiy konstruksiyasi, materiallarning yuqori sifati va bir vaqtning o‘zida ham planshet, ham noutbuk vazifasini bajarishi bilan barchaga ma’qul keladi. Biroq Yoga Book'ning narxi aksariyat xaridorlar uchun haddan ziyod qimmatlik qildi.
Yangi Yoga A12 modeli — o‘tgan yilgi xitning byudjet modifikasiyasi. U faqat Android boshqaruvda ishlaydi. Qurilma bahosi - atigi 299 dollar.
Lenovo Yoga A12 noutbuki 12,2-dyuymli moslashuvchan displey va stilus bilan ishlash imkonidan mahrum bo‘lgan sensor klaviatura bilan ta’minlangan. Qopqoqning buklanish mexanizmida o‘zgarishlar bo‘ldi, lekin shunday bo‘lsa-da, avvalgidek 360 darajaga qayirish imkonini beradi. Bu Yoga A12'ni ham noutbuk, ham planshet sifatida qo‘llashga imkon yaratadi.
Noutbuk korpusi qalinligi - atigi 10,9 millimetr, u 2 Gb operativ va 32 Gb flesh-xotiraga ega. Gadjetda microSD xotira kartasiga mo‘ljallangan maxsus o‘yma mavjud. Bundan tashqari u Wi-Fi, Bluetooth, USB 3.0 Type-C bilan ta’minlangan.
Lenovo Yoga A12 qurilmasi 8 fevraldan sotuvga chiqa boshlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi