Internet nashrlarida Apple korporasiyasining navbatdagi smartfonlari haqidagi xabarlar paydo bo‘ldi. Jumladan, yangi modellarning kameralari sifati oshishi, ularga Force Touch texnologiyasi o‘rnatilishi aytilmoqda. Forbes jurnali barcha tafsilotlarni o‘z sahifalarida bayon etib berdi.
KGI Securities tahlilchisi Min Xi Kuoning fikricha, modellarning asosiy yangiligi “aqlli” soatlar va noutbuklarda tajribadan o‘tkazilgan Force Touch texnologiyasi bo‘ladi, deb yozadi Kun.uz.
Ekran o‘lchamlari va echimlari to‘qqiz oy muqaddam chiqqan iPhone 6 va iPhone 6 Plus modellari bilan bir xil bo‘ladi (4.7 va 5.5 dyuym). Korpuslar assortimentiga “gulob oltin” varianti kiritiladi.
Kamera echimi 12 megapikselni tashkil qiladi. Shuningdek, A9 prosessori hamda 2 Gb operativ xotira haqida ma’lumot berilmoqda. Qo‘shimcha ravishda Touch ID texnologiyasining takomillashtirilishi va smartfonni imo-ishoralar bilan boshqarish imkoniyatining tug‘ilishi haqida aytilmoqda.
Ta’riflangan modellar joriy yilning avgust oyidan sotuvga chiqariladi. Min Xi Kuoning hisob-kitoblariga qaraganda, yil oxiriga qadar kompaniya 80-90 mln smartfon sotishga muvaffaq bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi