Google qidiruv tizimi 13 may kuni o‘zining bosh sahifasida daniyalik seysmolog Inge Lemann tavallud kunining 127 yilligiga bag‘ishlangan animasiyalangan tasvirni joylashtirdi, deb yozadi Kun.uz.
Google’ning yangi dudlida o‘rtasidan qoq ikkiga bo‘lingan Er sayyorasi va ular o‘rtasida joylashgan Er yadrosi tasvirlangan (dudl - bayram kunlari, mashhur insonlarning tavallud kuni, Olimpiya o‘yinlari kabi yirik voqealar paytida Google o‘zining rasmiy logotipini almashtiradigan tasvirlar, animasiyalar va kichik o‘yinlar).
Gap shundaki, Inge Lemann 1936 yilda olamshumul kashfiyotni amalga oshirgan, ya’ni u Tinch okeanining janubiy qismidagi zilzilardan tarqaladigan seysmik to‘lqinlarni o‘rganish negizida sayyoramizning ichki yadrosi borligini aniqlagan.
Daniyalik geofizik, seysmolog olima va London Qirollik jamiyati o‘qituvchisi bo‘lgan Lemann o‘zining butun ilmiy faoliyati davomida o‘zining ulkan yutuqlari uchun ko‘plab mukofotlar bilan taqdirlangan. 1997 yilda AQSh geofizika ittifoqi Inge Lemann sharafiga “Er mantiyasi va yadrosining tuzilishi, tarkibi va dinamikasini tushunish uchun qo‘shgan ulkan hissasi uchun” medalini ta’sis etdi.
Olima 1993 yil 21 fevralda o‘zining ona shahri Kopengagenda vafot etgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi