07:08 / 23.02.2017
5 446

Xiaomi avtomobillar uchun antiqa orqani ko‘rish oynasi ishlab chiqaradi

Xiaomi avtomobillar uchun "aqlli" orqani ko‘rish oynasi yaratdi. Uning ishlab chiqarilishi uchun mablag‘larni kraudfanding kampaniyasi davomida yig‘ish mo‘ljallangan, deb yozmoqda Kun.uz sayti.

Oyna videoregistrator funksiyasini oladi hamda taxminiy hodisalar haqida xabar beradi. Bu xabarlar haydovchiga o‘zini rul ortida dadil his qilishga yordam beradi.

Oynaning ekrani diagonali 8,8 dyuymni, ko‘rsatish qobiliyati 1920x480 nuqtani tashkil qiladi. Unga GPS va Wi-Fi modullari hamda 4G Netcom adapteri o‘rnatiladi.

Oyna 6-elementli ob’ektivli kamera va OmniVision 1/2.9 sensori oladi. U yordamida 1080p / 30FPS sifatdagi videoni yozib olish mumkin bo‘ladi. Kameraning ko‘rish burchagi 160 gradusni tashkil qiladi. Ma’lumotlarni saqlash uchun 64 Gb li microSD kartasi ishlatiladi.

Aqlli oyna harakat polosasidan chiqib ketish va old tomondan urilish ehtimolidan ogohlantiradi. Oynani smartfon orqali boshqarish mumkin bo‘ladi.

"Aqlli" orqani ko‘rish oynasi narxi 999 yuanni tashkil qiladi.
Xiaomi avtomobillar uchun antiqa orqani ko‘rish oynasi ishlab chiqaradi




arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xiaomi avtomobillar uchun antiqa orqani ko‘rish oynasi ishlab chiqaradi