07:11 / 23.02.2017
6 153

Apple'ning yangi mahsulotlari Stiv Jobs teatrida taqdim etiladi

Apple'ning yangi mahsulotlari Stiv Jobs teatrida taqdim etiladi

Apple kompaniyasining yangi Apple Park kampusi joriy yilning aprel oyida ochiladi. Kompaniyaning yangi mahsulotlari taqdim etiladigan teatr Stiv Jobs sharafiga qo‘yiladi.

Apple Park Kaliforniyadagi Santa Klara sahrosi o‘rtasida joylashgan. Uning maydoni 70 gektardan oshiq bo‘lib, 12 ming kishi uchun mo‘ljallangan, deb yozadi Kun nashri.

Barcha xodimlarning yangi joyga ko‘chishi joriy yilning kuz oyigacha bo‘lishi rejalashtirilgan.

Stiv Jobs sharafiga nomlanishi rejalashtirilgan teatr tepalikda joylashgan. U silindr shaklida bo‘lib, uning balandligi 6 metr, diametri 50 metr, sig‘imi 1000 kishi. Apple'ning taqdimotida bo‘lib o‘tadigan hozirgi teatri Yerba Buena Center for Arts’ga 750 kishiga mo‘ljallangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple'ning yangi mahsulotlari Stiv Jobs teatrida taqdim etiladi