Hindistonning Mumbay shahrida bo‘lib o‘tayotgan Future Decoded konferensiyasida Microsoft rahbari Satya Nadella Skype Lite mobil ilovasini taqdim etdi. U aloqa sifati past bo‘lgan mintaqalar foydalanuvchilari uchun mo‘ljallangan. Bu haqida TechCrunch portaliga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Android operasion tizimi boshqaruvidagi qurilmalarda ishlovchi ilova xabar almashish va VoIP-telefon funksiyalaridan foydalanish imkonini yaratadi. Kompaniyadan ma’lum qilishlaricha, Skype Lite ilovasi 2G-tarmoqlar uchun maxsus optimallashtirilgan.
Bugungi kunda Skype Lite faqat Hindistonda ishga tushirilgan. Boshqa mamlakatlarda qachon yo‘lga qo‘yilishi hozircha noma’lum. Ilova sakkiz tilga tarjima qilingan, u yangiliklardan xabar topish va hatto aviachiptalar buyurtma qilish mumkin bo‘lgan chat-botlarni qo‘llab-quvvatlaydi.
Bundan tashqari, 2017 yilning iyunida Microsoft korporasiyasi Skype Lite'ni Aadhaar milliy tizimi bilan integrasiya qilmoqchi. Aadhaar - hind fuqarolarining biometrik ma’lumotlari saqlanuvchi tizim.
Kompaniya vakillarining ma’lum qilishicha, bu turli vaziyatlarda noma’lum abonentlarni tez aniqlash imkonini beradi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin