23:13 / 18.05.2015
7 565

Artel kompaniyasi Intel bilan hamkorlikda smartfon va planshetlar ishlab chiqarishi mumkin

Artel kompaniyasi Intel bilan hamkorlikda smartfon va planshetlar ishlab chiqarishi mumkin

Artel kompaniyasi Intel korporasiyasining prosessorlari va texnologik platformalari bazasida O‘zbekistonda smartfonlar va planshetlar ishlab chiqarish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Infocom.uz'ga asoslanib Daryo.uz xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, 18 may kuni Toshkentda Intel’ning yangi – SoFIA (Smart-or Feature-phone on IA, Intel arxitekturasi bazasidagi smartfon) platformasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu platforma prosessor va mobil aloqa modemini o‘zida jam qilgan.

Intel’ning strategik muhim mahsulotlaridan biri hisoblangan SoFIA boshlang‘ich va o‘rta bosqichdagi planshetlar, tashuvchi texnologiyalar negizidagi qurilmalar va boshqa istiqbolli yo‘nalishlarga mo‘ljallangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Artel kompaniyasi Intel bilan hamkorlikda smartfon va planshetlar ishlab chiqarishi mumkin