18:34 / 24.05.2015
6 191

Sukerberg videoo‘yinlarning foydali tomonlari haqida o‘z fikrini bildirdi

Sukerberg videoo‘yinlarning foydali tomonlari haqida o‘z fikrini bildirdi

Facebook kompaniyasining Kaliforniya shtatidagi Menlo-Park shahrida joylashgan bosh qarorgohida Mark Sukerberg tomonidan savol-javoblar sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Facebook rahbari boshqa narsalar qatorida o‘zining kompyuter o‘yinlariga munosabati haqida gapirib berdi, deb yozadi Kun.uz.

Sukerbergning aytishicha, kompyuter uning hayotida 10 yoki 11 yoshida paydo bo‘lgan. U kompyuterda hamma bolalar kabi o‘yinlar o‘ynashni yaxshi ko‘rgan va doimo ularning sifatini yaxshilashni istagan. Aynan uning shu istagi tufayli Facebook asoschisi o‘zining o‘yinlarini yaratishni boshlagan. U yaratgan o‘yinlar “dahshatli” bo‘lsa ham, unga o‘zi yaratgan narsadan foydalana olgani uchun qoniqish hissini bergan.

“Men ko‘pincha ko‘plab ota-onalar farzandlari o‘yin o‘ynayotganlaridan xavotirda ekanliklarini eshitaman. Bunday xavotirlanishga asos bor va men bu masala atrofida muhim bahs-munozara vujudga keladi deb o‘ylayman. Agar siz farzandlaringiz dasturlash bilan shug‘ullanishini istasangiz, unda mening fikrimcha, ularga o‘ynash imkoniyatini berish – siz ularga qila oladigan eng yaxshi narsalardan biri bo‘ladi. Men agar bolaligimda kompyuter o‘yinlari o‘ynamaganimda aniq dasturlovchi bo‘la olmagan bo‘lardim”, deb aytmoqda Sukerberg.

Sukerberg muhandis ishini “texnologiya bilan o‘ynash va turli narsalar ustida tajriba o‘tkazish”ga qiyosladi hamda u biladigan eng zo‘r muhandlislar o‘zlari mustaqil o‘rgangan kishilar ekanligini aytgan.

Sukerberg birinchi bo‘lib videoo‘yinlarni me’yorda o‘ynash foydali ekanligini ta’kidlayotgan shaxs emas. Misol uchun, 2013 yilda Singapur texnologik universiteti olimlari tadqiqot o‘tkazib, uning natijalariga ko‘ra, odam bir kunda bir soat videoo‘yinlarga vaqt ajratib, o‘zining idrok qila olish qobiliyatlarini ancha yaxshilab olishi mumkinligini aytishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Sukerberg videoo‘yinlarning foydali tomonlari haqida o‘z fikrini bildirdi