15:55 / 12.03.2017
7 039

Kutilayotgan Xiaomi Mi 6’ning bahosi ma’lum bo‘ldi

Kutilayotgan Xiaomi Mi 6’ning bahosi ma’lum bo‘ldi

Xiaomi kompaniyasining aprel oyida taqdimoti kutilayotgan Mi 6 flagmani 2017 yilda xitoylik ishlab chiqaruvchining smartfon bozoridagi manfaatlarini himoya qiladi va joriy yilning boshqa raqib flagmanlariga qarshi kurashadi, deb yozmoqda Terabayt sayti.

Yangi tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, Xiaomi Mi 6 apparatida Sony’ning yangi IMX400 kamera sensori o‘rnatiladi. Shuningdek, mobil apparat 2 talqindagi — 5,15 dyuymli va 5,7 dyuym ekranli modellarda ishlab chiqariladi. Xiaomi «bayroqdori»ning kichik talqini Full HD (1080 pikselli), katta talqini Quad HD (1440 x 2560 pikselli) ekran bilan ta’minlanadi. Katta talqinning 2 ta modulli bosh kameraga ega bo‘lishi kutilmoqda.

Insayderlarga ko‘ra, Xiaomi Mi 6’ning korpus qalinligi 8 mm, batareya sig‘imi 3200 mA soat, operativ xotirasi 4 GB, doimiy xotira sig‘imi 32 GB bo‘ladi. Mi 6 Plus talqini esa 4 GB tezkor va 64 GB doimiy xotira bilan ta’minlanadi. Har ikkala versiyada eng yuqori chastotada ishlaydigan Snapdragon 835 prosessori o‘rnatiladi. Ushbu smartfonda ham Xiaomi Mi 5s’dagi tezkor va ishonchli ultra-ovozli barmoq izlari skaneridan foydalaniladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bazaviy Xiaomi Mi 6 289, Mi 6 Plus esa 360 AQSh dollaridan sotuvga chiqariladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Kutilayotgan Xiaomi Mi 6’ning bahosi ma’lum bo‘ldi