Yaponiyaning aerokosmik agentligi (JAXA) koinotga Radar-5 kuzatuv sun’iy yo‘ldoshini uchirdi. Bu haqda «RBK»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.
Kosmik kema Tanegasima kosmodromidan tashuvchi raketa — H-2A yordamida uchirildi. Uchirish jarayoni to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyasiya qilindi.
«RBK»ning xabariga ko‘ra, sun’iy yo‘ldosh Er sathini kuzatish imkonini beruvchi qurilmalar bilan jihozlangan. Sun’iy yo‘ldosh monitoring ishlarini yuritish bilan birga KXDRdagi harbiy faollikni ham kuzatib boradi.
Shuningdek, ballistik raketalarni uchirish kompleksining qurilish ishlarini nazorat qilish imkonini beradi.
Bundan tashqari sun’iy yo‘ldoshga tabiiy ofatlar natijasida etkazilgan zararlarni baholash xizmati ham o‘rnatilishi mumkin. Sun’iy yo‘ldoshning optik tarmoqlari maxsus radioto‘lqin nurlar yordamida nafaqat yaxshi, balki kechgi yomon ob-havo sharoitida ham kuzatuvlarni olib borish imkoniyatiga ega.
Yaponiya bundan oldingi kuzatuv kemasini koinotga 2015 yilning fevralida uchirgan edi.
Shu yilning yanvar oyi o‘rtasida Yaponiya mitti sun’iy yo‘ldoshini dunyodagi eng kichkina — SS-520 tashuvchi raketasi yordamida uchirgan. Lekin texnik nosozliklar sababli JAXA mutaxassislari parvozni to‘xtatishgan va kosmik kema dengizga qulagan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi...