Sony kompaniyasi o‘tgan oyning oxirida sotuvga chiqarilgan Xperia Z4 smartfonining Sony Xperia Z3+ nomi ostidagi jahon miqyosida sotilishi mo‘ljallanayotgan xalqaro versiyasi taqdimotini o‘tkazdi, deb xabar bermoqda Kun.uz.
Flagmanning yangilangan versiyasi 5.2 dyuymli 1920 x 1080 piksel echimga ega Full HD-displeyga, 8 yadroli 64-bitli Qualcomm Snapdragon 810 prosessorga ega.
Smartfon 3 GB li operativ va 32 GB li ichki xotiraga ega. Shuningdek, unga 128 GB hajmgacha bo‘lgan flesh-kartalarni o‘rnatish mumkin. Telefon 5,1-megapikselli selfiga mo‘ljallangan frontal kamera va 20,7-megapikselli Sony Exmor RS orqa kamerasiga ega.
Yangi smartfon Android 5.0 Lollipop operasion tizimi asosida ishlaydi. Korpuslar qora, kumushrang, tillarang va oq variantlarga ega.
Smartfon batareyasi 2900 mA/soat quvvatiga ega. Telefonning bir va ikki SIM-kartali variantlari sotuvga chiqariladi.
Sony Xperia Z3+ 15 iyundan sotuvga chiqariladi. Uning narxlari hozircha ma’lum emas.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!