Tojikistonda aksariyat internet-provayderlar va mobil aloqa operatorlari o‘z mijozlarining Radio “Ozodi”, "Aziya-Plyus" axborot agentligi, YouTube, "Odnoklassniki" va "V kontakte" ijtimoiy tarmoqlariga kirishlarini cheklab qo‘ydi, deb yozmoqda Kun.uz.
Ushbu saytlar va ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari bu saytlarga kira olmayotganlarini aytishmoqda. Kirishning yo‘qligi haqida Facebook ijtimoiy tarmog‘ining tojik segmenti foydalanuvchilari ham yozishmoqda. Shikoyatlar asosan 5 ta kompaniya-provayderlar mijozlaridan bildirilmoqda.
Tojikiston internet-provayderlari uyushmasmi rahbari Asomiddin Atoyev Tojikiston aloqa xizmatidan bu saytlarning yopilishi haqida buyruq olinganini ma’lum qildi.
“Bu saytlarning yopilishiga OMON polkovnigi Xalimovning videomurojaati sabab bo‘lgan. Biroq bu saytlarning yopilishi foydalanuvchilarning axborot olish huquqlarini poy-mol qiladi”, deb aytdi Atoyev.
27 mayda ijtimoiy tarmoqlarda 23 aprelda bedarak yo‘qolib qolgan va hozirda Suriyada ekanligi aqniqlangan Tojikiston OMONi polkovnigi Gulmurod Xalimov o‘zining IShID safiga qo‘shilganini tasdiqlagani tasvirlangan videomurojaat joylashtirilgan edi.
2014 yilda milliy regulyator bir necha bor ommaviy ijtimoiy tarmoqlar va bir qator muxolif nashrlar saytlari, shu jumladan, Rossiyaning ria.ru, lenta.ru, gazeta.ru saytlari va yana kamida 25 saytni to‘sib qo‘ygan edi. Odatda hukumat o‘zining bu harakatlarini “texnik muammolar” deb izohlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?