12:12 / 21.03.2017
6 502

Instagram'dagi jonli translyasiyalarni saqlash imkoni paydo bo‘ldi

Instagram'dagi jonli translyasiyalarni saqlash imkoni paydo bo‘ldi
Instagram foydalanuvchilarda to‘ridan-to‘g‘ri amalga oshiriladigan translyasiyalarni efir tugashi bilanoq saqlab qolish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.

Strimni saqlab qolish uchun ekranning yuqori o‘ng burchagidagi belgini bosish kerak bo‘ladi. Shundan so‘ng translyasiya ilovadan o‘chadi, videoyozuv esa foydalanuvchining qurilmasida saqlanib qoladi. Bundan tashqari, sharhlar, layklar, ko‘rilganlik ko‘rsatkichlari va efir bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlar yo‘qoladi.

Servisda ta’kidlanishicha, bu 2017 yilda jonli translyasiya funksiyasini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan "ilk qadamlar xolos". Yangi imkoniyatlardan iOS va Android platformalari ilovalarining so‘nggi versiyalarida foydalanish mumkin.

Instagram jonli translyasiyalar o‘tkazish imkoniyatini 2016 yilning noyabrida yo‘lga qo‘ygan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Instagram'dagi jonli translyasiyalarni saqlash imkoni paydo bo‘ldi