16:14 / 30.05.2015
6 685

Lenovo Smart Shoes “aqlli” krossovkalari taqdim etildi

Lenovo Smart Shoes “aqlli” krossovkalari taqdim etildi

Lenovo Tech World xalqaro texnologik konferensiya doirasida kompaniya, Smart Cast va Magic View uskunalaridan tashqari, ishlab chiqilayotgan yana bir yangilik – Lenovo Smart Shoes “aqlli” krossovkalari konseptini ham namoyish etdi, deb yozadi Kun..uz.
Yangi krossovka fitnes bilan shug‘ullanayotgan odamning fiziologik ko‘rsatkichlari haqidagi ma’lumotlarni kuzatib, tahlil qilib boradi. Shuningdek, u yurak urishi va kaloriyalar yonishini qayd qilib boradi. Krossovkaga o‘rnatilgan GPS qabul qilgichi yordamida foydalanuvchi turgan erini aniqlashi va endi qaerga qarab yurishini aniqlab olishi mumkin bo‘ladi.

Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, ushbu konsept “Buyumlar Interneti” (Internet-of-Things, IoT) strategiyasiga to‘la mos keladi. Ushbu loyiha to‘laqonli ekotizim yaratishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Taxmin qilinishicha, krossovkalar joriy yilning aprel oyida e’lon qilingan, Lenovo, Vibram va BJDW kompaniyalari tomonidan hamkorlikda olib borilayotgan Smart Shoe: Vibram and Lenovo look into the Future loyihasi doirasida ishlab chiqilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Lenovo Smart Shoes “aqlli” krossovkalari taqdim etildi