16:54 / 29.03.2017
6 403

Facebook amaldorlar bilan aloqa uchun mo‘ljallangan dasturini ishga tushirdi

Facebook amaldorlar bilan aloqa uchun mo‘ljallangan dasturini ishga tushirdi
Facebook kompaniyasi mahalliy hamda federal amaldorlarni topish va ularning ishini kuzatish imkonini beruvchi Town Hall servisini ishlab chiqdi, deb yozadi «Daryo» nashri.

Dasturni ishga tushirilganini kompaniya rahbari Mark Sukerberg Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Mashable nashrining aniqlik kiritishicha, yangi servisdan hozircha faqatgina amerikalik foydalanuvchilar foydalanish imkoniyatiga ega. Shuningdek nashr, Town Hall qanday ishlashi yozilgan qo‘llanmani chop etdi: buning uchun dastur sahifasiga o‘tish va foydalanuvchi o‘z tarmoq qurilmasining jismoniy manzilini ko‘rsatish kerak. Bunda foydalanuvchi turgan hududda deputatlardan qaysi biri borligini ko‘rish mumkin.

The Wall Street Journal’ning xabar berishicha, Town Hall «an’anaviy aloqa vositalaridan ko‘proq» masalan, telefondan foydalanish imkonini beradi. Ularning ta’kidlashicha, «Vashingtonda qo‘ng‘iroqlar tvit yoki postlardan ko‘ra ko‘proq ahamiyatga ega».

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Facebook amaldorlar bilan aloqa uchun mo‘ljallangan dasturini ishga tushirdi