15:46 / 01.06.2015
6 726

May oyining yakunlari: 70 000 tashakkur va faxriylar uchun “G‘alaba!” tarif rejasi

May oyining yakunlari: 70 000 tashakkur  va faxriylar uchun “G‘alaba!” tarif rejasi

2015 yil 1 iyun, Toshkent. Eng yirik aloqa operatori Beeline G‘alabaning 70 yilligiga bag‘ishlangan may oyi tadbirlarining yakunlarini sarhisob qilmoqda.

Oy natijalariga ko‘ra frontchilar va front orti mehnatkashlari uchun joriy etilgan tarif rejasiga mingdan ziyod faxriylar ulanilgan. Bepul muloqotli “G‘alaba!” tarif rejasi Keksalarni e’zozlash yilining ijtimoiy tashabbuslari doirasida joriy etilib, doimiy ravishda amal qilmoqda.

“G‘alaba narxi” loyihasi muvaffaqiyatli yakun topdi. Mazkur loyiha doirasida barcha istovchilar o‘z yaqinlarining urush paytidagi voqealari bilan Podrobno.uz saytida bo‘lishishlari mumkin edi. Eng yaxshi hikoyalar mualliflari 9 may kuniga bag‘ishlangan Rossiya Federasiyasi elchixonasining tantanali marosimida Beeline‘ning maxsus sovrinlari bilan taqdirlandilar.

Bundan tashqari, #70tыsyachspasibo xotira aksiyasi doirasida Ikkinchi Jahon urushi faxriylari qahramonligiga bag‘ishlangan va Armaniston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston fuqorolari birlashtirilib, Internet foydalanuvchilari mazkur ijtimoiy loyihaga jalb etildi. Maxsus yaratilgan saytda 70 000dan ziyod kishi o‘z minnatdorchilik so‘zlari bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali bo‘lisha oldilar.

Aksiya natijalariga ko‘ra chiqarilgan video:

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » May oyining yakunlari: 70 000 tashakkur va faxriylar uchun “G‘alaba!” tarif rejasi