13:16 / 02.06.2015
8 373

AQShda Telegram asoschisiga hujum qilishdi

AQShda Telegram asoschisiga hujum qilishdi

«VKontakte» ijtimoiy tarmog‘i va Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durovning ma’lum qilishicha, San-Fransisko ko‘chalaridan birida unga noma’lum shaxslar hujum qilib, telefonini tortib olishga uringan. Bu haqda «RIA Novosti»ga asoslanib «Daryo» nashri xabar bermoqda.

«Hozirgina Mission 980’da (San-Fransiskodagi ko‘chalardan biri) mening telefonimni tortib olishga uringan yigitlar bilan mushtlashdim. Xavfli joylar, deysizmi? Ruslar uchun emas», – deb yozdi Durov Twitter’dagi sahifasida.

2014 yil oxirida Durov Rossiyani tark etgani va qaytishni rejalashtirmayotganini ma’lum qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » AQShda Telegram asoschisiga hujum qilishdi