6 448
1000 dan ortiq shahar reys avtobuslari Beeline SIM-kartali GPS-trekerlar bilan ta’minlandi
2 iyun 2015, Toshkent. Eng yirik aloqa operatori Beeline Beeline Business va Unitar korxona «Toshtransdispetcherxizmat» o‘rtasidagi hamkorlikning rivojlanishi to‘g‘risida xabar beradi. Shartnomaviy kelishuvlar doirasida, GPS (Global Positioning System) trekerlar Beeline SIM-kartalari bilan ta’minlangan bo‘lib, ular transport vositasining turgan joyini aniq belgilash uchun ma’lumotlarni qabul qilishga va yuborishga imkoniyat beradi.
«Bizning Beeline bilan hamkorligimiz 2010 yildan boshlab davom etmoqda, va biz ushbu loyihani innovasion mobil operatori bilan boshlaganimizdan xursand bo‘ldik, – deb izoh beradi «Toshtransdispetcherxizmat» UK bo‘limining boshlig‘i Sarvar Pozilov. – Er ustidagi jamoat transportini ishonchli mobil aloqaga ega zamonaviy navigasiya tizimi bilan ta’minlar ekanmiz, biz uning xarakatlanishini masofada doimiy tarzda monitoring qilish imkoniyatiga ega bo‘lamiz».
Bugungi kunda Beeline aloqasi bilan, 123 ta shahar yo‘nalishlarida xarakatlanayotgan, mingdan ortiq yo‘lovchi tashish avtobuslaridagi GPS-trekerlar ta’minlangan.
«Texnologiyalarning jadal rivojlanishi hamda aloqa imkoniyatlarining kengayishi infratuzilmani yanada qulay qilishga imkon beradi, – deb gapiradi Unitel tijorat direktori Maksim Efremov. – Biz ushbu loyihada qiziqish bilan ishtirok etmoqdamiz, va bizning azalgi hamkorimiz Beeline‘ga tizimning ishlashini ta’minlashni ishonganidan juda mamnunmiz». “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi...
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi