12:48 / 06.06.2015
7 471

Xakerlar AQShning 30 yillik ma’lumotlarini qo‘lga kiritishdi

Xakerlar AQShning 30 yillik ma’lumotlarini qo‘lga kiritishdi

AQSh hukumatining ma’lumotlar bazalariga uyushtirilgan xakerlik hujumi oqibatida 30 yil davomida, ya’ni 1985 yildan beri qayd qilib borilgan xodimlar anketalari va milliy xavfsizlik haqidagi ma’lumotlar xakerlar tomonidan qo‘lga kiritildi, deb yozadi Kun.uz.

“Bu xakerlar iste’foda bo‘lgan hukumat xodimlari, ular davlat ishidan ketganlaridan keyin nima ish bilan shug‘ullanganliklari haqidagi ma’lumotlarni qo‘lga kiritgan bo‘lishlari mumkinligini anglatadi”, deb aytmoqda noma’lum qolishni istagan hukumat vakili.

Bundan tashqari, xakerlar qo‘liga xodimlarning ijtimoiy sug‘urta va bank ma’lumotlari haqidagi ma’lumotlar ham tushgani aytilmoqda, ular bu ma’lumotlardan boshqa saytlarga, xususan qurol-aslaha tizimlari haqidagi ma’lumotlarni saqlovchi saytlarga kirish uchun parollarni aniqlashda foydalanishlari mumkin.

Avvalroq Xitoy AQSh hukumati ma’lumotlar bazasiga uyushtirilgan xakerlik hujumiga aloqadorligi haqidagi ma’lumotlarni rad etgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xakerlar AQShning 30 yillik ma’lumotlarini qo‘lga kiritishdi