NPD Group kompaniyasi AQSh videoo‘yinlar bozoridagi may oyidagi statistik ma’lumotlarni chop etdi, deb yozmoqda Kun.uz.
O‘tgan oyda AQShda konsollar (o‘yin pristavkalari), ularning aksessuarlari va dasturiy ta’minot uchun 507,6 mln dollar sarflangan. Bu o‘tgan yilning may oyiga nisbatan 13 foiz kamroqni tashkil qilgan, unda bu ko‘rsatkich 584,9 mln dollarni tashkil qilgan edi.
Pristavkalarga pul birligida talab 18 foizga, ya’ni 186,4 mln dollardan 153,6 mln dollargacha tushib ketgan. May oyida PlayStation 4 pristavkasi eng ko‘p sotilgan yangi avlod konsoli bo‘ldi va o‘zining asosiy raqobatchisi, aprelda etakchi bo‘lgan Xbox One ni ortda qoldirdi. Biroq savdolar haqida aniq ma’lumotlar berilmagan.
Aksessuarlar segmentida 20 foizlik o‘sish kuzatilgan. Agar bir yil avval bunday mahsulotlarga 124,6 mln dollar sarflangan bo‘lsa, bu yili 149,3 mln dollar sarflandi.
O‘yinlar borasida 25 foizlik pasayish qayd qilingan. May oyida dasturiy mahsulotlar uchun 204,7 mln sarflangan, o‘tshan yili bu ko‘rsatkich 273,9 mln dollarni tashil qilgan edi.
Oyning eng ommaviy o‘yinlari quyidagilar bo‘ldi:
1. The Witcher III: Wild Hunt (PS4, Xbox One, PC);
2. Mortal Kombat X (PS4, Xbox One);
3. Grand Theft Auto V (PS4, Xbox One, 360, PS3, PC);
4. Minecraft (360, PS3, Xbox One, PS4);
5. Splatoon (Wii U);
6. Call of Duty: Advanced Warfare (PS4, 360, Xbox One, PS3, PC);
7. NBA 2K15 (360, PS4, Xbox One, PS3, PC);
8. FIFA 15 (PS4, Xbox One, 360, PS3, Wii , 3DS, Vita);
9. MLB 15: The Show (PS4, PS3);
10. Super Smash Bros. (3DS, Wii U). “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!