Alibaba korporasiyasi asoschisi, milliarder Jek Ma Xitoy tadbirkorlari klubining yig‘ilishida tez orada CEO robotlarning paydo bo‘lishini bashorat qildi hamda an’anaviy biznesni texnologiya va internet rivoji tufayli «bir necha o‘n yillik og‘riqlar» kutayotganini aytib o‘tdi. Bu haqda TJournal'ga tayanib Daryo xabar berdi.
Milliarderning fikriga ko‘ra, texnologiyalarning rivojiga qaramasdan, robotlar insonlar o‘rnini egallashi kerak emas. Tadbirkor robotlar odamlar uchun raqobatchi emas, hamkor bo‘lishi kerak deb hisoblamoqda.
Shu bilan birga, biznesmen mashinalar ko‘p sohalarda ishchilar o‘rnini egallayotganini tan oldi va yaqin 30 yil ichida boshqaruvchi robotlar paydo bo‘lishini bashorat qildi.
Tadbirkor 15 yil avval texnologiya va elektron savdoning an’anaviy biznesga ta’siri haqida ogohlantirgan, biroq unga hech kim quloq solmagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin vaqt ichida internetga bog‘lanmagan biznes jiddiy zarar ko‘radi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?