18:23 / 23.06.2015
8 710

Beeline roumingi endilikda “Aeroflot” va boshqa bir necha aviakompaniyalar bortida amal qilmoqda

Beeline roumingi endilikda “Aeroflot” va boshqa bir necha aviakompaniyalar bortida amal qilmoqda

2015 yil 23 iyun, Toshkent. Eng yirik aloqa operatori Beeline OnAir kompaniyasi bilan hamkorlik natijasida havo kemalari bortida rouming kengaygani haqida xabar beradi.

“Mart oyida abonentlarimiz mamlakatda birinchi bo‘lib yuksaklikdagi aloqa qulayliklarini bir nechta aviakompaniyalar samolyotlari bortidagi rouming xizmatidan foydalangan holda sinab ko‘rishlari mumkinligi haqida xabar bergan edik, – voqeani sharhlaydi Unitel‘ning tijorat direktori Maksim Efremov. – Bugun esa yana bir bort aloqa operatori bilan hamkorligimiz boshlangani haqida xabar berishdan mamnunmiz. Buning natijasida aviakompaniyalar ro‘yhati ikki barobarga oshdi, va Beeline mijozlarni parvoz chog‘ida ishonchli aloqa bilan ta’minlagan holda mazkur innovasion xizmatni taqdim eta oladi”.

Endilikda Beeline abonentlari quyidagi aviakompaniyalar samolyotlarida ham rouming xizmatidan foydalanishlari mumkin: Aeroflot, All Nippon Airways, AZAL, Cebu Pacific Air, Egyptair, Hong Kong Airlines, Iberia, Libyan Airlines, Oman Air, Philippine Airlines, Royal Jordanian, Saudia, TAM Airlines i Thai Airways.

Avval xabar berilishicha, Beeline roumingi Britaniyadagi AeroMobile mobil operatori bilan hamkorlikda quyidagi havo kemalarida amal qilmoqda: Transaero, British Airways, Air France, Lufthansa, KLM, SAS, Emirates, Virgin Atlantic, Qatar Airways, Etihad Airways, Singapore Airlines, Aer Lingus va Eva Air.

Samolyot bortidagi rouming xizmati narhlari:

• kirish qo‘ng‘iroqlari daqiqasi – $7,98

• O‘zbekistonga chiqish qo‘ng‘irog‘i daqiqasi – $6,96

• boshqa mamlakatlarga chiqish qo‘ng‘irog‘i daqiqasi– $8,40

• bir chiqish SMS – $1,26

• GPRS (1 Mb) – $27

Havo kemasi bortidagi Beeline roumingining barcha kirish SMS‘lari – bepul. Tafsilotlar www.beeline.uz va www.aeromobile.net saytlarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Beeline roumingi endilikda “Aeroflot” va boshqa bir necha aviakompaniyalar bortida amal qilmoqda