01:46 / 27.06.2015
6 220

O‘zbekiston provayderlari hozircha barcha abonentlarga cheklanmagan trafik taqdim etishga tayyor emas

O‘zbekiston provayderlari hozircha barcha abonentlarga cheklanmagan trafik taqdim etishga tayyor emas

O‘zbekistonda hozircha abonentlarga cheklanmagan internet trafigi berish imkoniyati mavjud emas. Buni axborot texnologiyalari va kommunikasiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Alisher Fayzullaev aytib o‘tdi, deb yozadi Kun.uz.

Uning so‘zlariga qaraganda, ko‘pchilik foydalanuvchilar aniq narxlar asosida cheklanmagan trafik taqdim etilishini istaydi.

“Afsuski, biz bunga tayyor emasmiz, ammo ushbu yo‘nalishda ishlamoqdamiz. Internet narxi tushib bormoqda. Negaki pul evaziga mijozga ko‘proq hajm yoki ko‘proq xizmatlar oladi. Ko‘plar narxlarning qimmatligidan noliydi, ammo TAS-IX bepulligini hech kim tilga olmaydi”, – dedi Fayzullaev Uzbekistan Today nashriga bergan intervyusida.

“O‘zbektelekom” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati rahbari Aleksandr Suchkovning so‘zlariga qaraganda, tashqi kanalgina narxlarni belgilab beradigan omil emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekiston provayderlari hozircha barcha abonentlarga cheklanmagan trafik taqdim etishga tayyor emas