13:34 / 10.05.2017
7 530

Telegram'ning desktop versiyasida audio-qo‘ng‘iroqlar paydo bo‘ldi

Telegram messenjeri Windows, Linux va macOS’ga mo‘ljallangan desktop ilova alfa-versiyasida qo‘ng‘iroqlar funksiyasini ishga tushirdi, deb yozadi Kun.uz nashri. Ilovani Telegram saytidan yuklab olish mumkin.

Boshlang‘ich versiyada boshqa foydalanuvchilarga qo‘ng‘iroq qilish mumkin, shuningdek, so‘nggi qo‘ng‘iroqlar ro‘yxati va qo‘ng‘iroqlarni yashirish uchun sozlamalar bor. Telegram Desktop qo‘ng‘iroq paytida, ilovaning mobil versiyasidagi kabi, qo‘ng‘iroq oynachasida to‘rtta emodzini ko‘rsatadi, ularni suhbatdosh bilan solishtirish va messenjerning shifrlash ishiga ishonch hosil qilish mumkin.

Ilovada tovushni kiritish-chiqarish uchun uskunalar boshqaruvi yo‘q: masalan, vc.ru muhaririyatida funksiyani sinovdan o‘tkazishda qo‘ng‘iroq tovushi faqatgina ulangan quloqchinlar holatida kolonkalardan kelgan, hamda bu muammoni to‘g‘irlab bo‘lmagan.
Telegram'ning desktop versiyasida audio-qo‘ng‘iroqlar paydo bo‘ldi

Telegram’ning ogohlantirishicha, ilova alfa-versiyasi beqaror ishlashi ham mumkin.

Barqaror versiya uchun audioqo‘ng‘iroqlar qachondan ishga tushirilishi noma’lum. Telegram yaratuvchisi Pavel Durov ilovada funksiya 2017 yilning aprelida paydo bo‘lishi haqida taxmin qilgandi, biroq keyinchalik start mayga ko‘chirildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Telegram'ning desktop versiyasida audio-qo‘ng‘iroqlar paydo bo‘ldi