14:53 / 16.05.2017
7 324

Uzcard QIWI tizimiga ulanadi: pullarni dollarda naqdlashtirib olish imkoni paydo bo‘ladi

Uzcard QIWI tizimiga ulanadi: pullarni dollarda naqdlashtirib olish imkoni paydo bo‘ladi
O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki yaqin orada yangi xizmatni ishga tushiradi. U Uzcard plastik kartalari egalariga uni QIWI pul o‘tkazmalari tizimi bilan bog‘lash imkonini beradi. Bu haqda Kun.uz’ga bank vakili xabar berdi.

Ushbu xizmat asosan O‘zbekistonning Rossiya hududida ishlovchi, hamda ishlab topgan pullarini o‘z yurtiga yuboradigan fuqarolariga mo‘ljallangan.

Loyihani amalga oshirish uchun UzCard’ning so‘mli kartalarida valyuta hisobi ochiladi, u erga Rossiyadan pullar rublda kelib tushadi va QIWI to‘lov tizimining o‘tkazma vaqtidagi kursi bo‘yicha AQSh dollariga konvertasiya qilinadi. Mablag‘larni O‘zbekiston hududidagi maxsus terminallarda naqdlashtirib olish mumkin bo‘ladi.

Bank vakili so‘zlariga ko‘ra, mablag‘larni o‘tkazishning bunday jarayoni ancha qulay va xavfsiz bo‘lib, pulni bank ish vaqti va ish kunidan qat’i nazar yuborish imkonini beradi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Uzcard QIWI tizimiga ulanadi: pullarni dollarda naqdlashtirib olish imkoni paydo bo‘ladi