Joriy yilning 18 may kuni «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK Boeing 787 Dreamliner’da Toshkent-Riga-Nyu-York-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ilk parvozni amalga oshiradi. Bu haqda Kun.uz’ga MAK axborot xizmati xabar berdi.
Toshkent-Riga-Nyu-York-Toshkent yo‘nalishida ushbu turdagi samolyotdan foydalanish MAK yo‘lovchilariga Riga shahriga 20-30 daqiqada juda qulay sharoitda etib borish imkonini beradi. Nyu-Yorkka bo‘lgan masofa esa bir soatga qisqaradi. 246 o‘rindiqqa ega bo‘lgan (24 biznes va 222 – iqtisod sinf) Boeing 787 Dreamliner samolyotlari saloni dizayniga bo‘lgan yangicha yondashuv uzoq parvozga shaylangan yo‘lovchilarga maksimal qulaylik yaratib beradi.
Ushbu yo‘nalish bo‘yicha birinchi reysda MAKning 4 ekipaji ishlaydi.
Eslatib o‘tamiz, «O‘zbekiston havo yo‘llari» Boeing 787 Dreamliner’dan tijoriy maqsadda foydalanishni o‘tgan yilning sentyabridan boshladi. Bugungi kunda «orzular laynerlarida» Dubay, Istanbul, Tel-Aviv, Frankfurt, Moskva, Kuala-Lumpur va Singapurga parvoz qilish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi