13:10 / 18.05.2017
6 150

O‘zbekistonda yangi TAS-IX paydo bo‘ladi

O‘zbekistonda yangi TAS-IX paydo bo‘ladi
O‘zbekistonda internet trafikni uzatuvchi yangi hudud tashkil etiladi. Hozircha, «Tas-ix 2» deb nomlanayotgan loyiha ustida jiddiy ish olib borilmoqda. Bu haqda «O‘zbektelekom» AJ bosh direktori Shuhrat Qodirov Xalqaro Press-klubning navbatdagi sessiyasida ma’lum qildi, deydi Kun.uz sayti.

Loyihaga ko‘ra, jahon internet tarmog‘ining o‘zbek segmenti yanada sifatli va arzon tarkib bilan boyitiladi. Ayni chog‘da, o‘zbekistonlik foydalanuvchilar ko‘proq tashqi kanalga murojaat qiladi.

«Bozordagi barcha mahalliy tarkibni boyitish ustida ishlashi kerak. Mahalliy trafikni ayirboshlash uchun joy bo‘lishi kutilayotgan «Tas-ix 2» tarkib generatorlari uchun foydali vosita bo‘lishi kerak. Biz shu masala ustida ishlayapmiz. U foydalanuvchilar uchun ancha arzon ham bo‘ladi. Tez orada buni e’lon qilamiz», – dedi Qodirov.

Hozirda, O‘zbekistonda mahalliy internet tarmog‘i hisoblanuvchi TAS-IX maydonidan foydalanish barcha internet provayderlari tomonidan bepul taqdim etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekistonda yangi TAS-IX paydo bo‘ladi