21:52 / 21.05.2017
5 990

Pekin Janubiy Xitoy dengizi tubidan «yonuvchan muz» qazib olishni boshlashdi…

Pekin Janubiy Xitoy dengizi tubidan «yonuvchan muz» qazib olishni boshlashdi…
Bu behuda emas. Xitoy yangi asrning o‘zida zamonaviy texnologiyalar yaratish bo‘yicha dunyoda etakchilik qila boshladi. Bugungi kunda amalga oshirayotgan ishi ham yoqilg‘i olamida rosmana inqilob yasashi tayin. Xo‘sh, nega dengiz tubidagi muz «yonuvchan muz» deb atalgan.

Sababi, bu muz tarkibida 99, 9 foiz metan gazi bor. Shuning uchun ham muzga gugurt chaqsangiz, gurillab yona boshlaydi. Shu haqda Xitoy geologik tadqiqotlar vazirligi rahbari o‘rinbosari Li Szinfa ham alohida to‘xtalib o‘tdi.

— Bu ishni boshlaganimizga atigi 8 kun bo‘ldi, — dedi u. — Ammo ishimiz undi. Jami 120 kub metr «yonuvchan muz» qazib olishga erishdik. Agar ish shunday silliq davom etsa, avtomobillar, umuman texnika dunyosida benzinga umuman ehtiyoj qolmaydi. Negaki, biz qazib olib qayta ishlaydigan gaz hozirgilaridan o‘n barobar arzon sotiladi.

Manba: hordiq.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Pekin Janubiy Xitoy dengizi tubidan «yonuvchan muz» qazib olishni boshlashdi…