06:30 / 30.05.2017
6 538

Yangi aqlli, cho‘ntakbop smartfonning asosiy xususiyatlari

Yangi aqlli, cho‘ntakbop smartfonning asosiy xususiyatlari
1 iyun kuni Lenovo kompaniyasining Moto brendidagi Moto Z Play smartfoni o‘rnini egallashi kutilayotgan Moto Z2 Play smartfonining ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Texnologiya olamini kamxarajatligi hamda sifati yuqoriligi bilan zabt etayotgan ushbu smartfon haqida qisqacha to‘xtalib o‘tmoqchimiz.

Lenovo avvaliga Moto Z2 va Z2 Force planshetlari ko‘rgazmasini o‘tkazishni rejalashtirgandi, lekin kompaniya modulli smartfonlar ko‘rgazmasini o‘tkazishni joiz deb topdi. Moto Z2 Play smartfonining avvalgi modelidan farqi shundaki, orqa paneli to‘liq metall bilan qoplangan. Barmoq izi skaneri esa avvalgidek displey ostida joylashgan.

Shuningdek, yangi Moto Z2 smartfoni Moto Mods vazifasini saqlab qolgan bo‘lib, orqa panelda magnit maydoni joylashgan. Magnit maydoniga esa har xil dekorativ aksessuarlar yoki Hasselblad kamera moduli, JBL kolonkasi, qo‘shimcha akkumulyator, projektor va shu kabi qo‘shimcha aksessuarlarni joylash mumkin.

Moto Z2 Play smartfonining asosiy xususiyatlari quyidagicha:

Displey: 5,5 dyuym, Full HD sifatda;

Prosessor: Snapdragon 626 - 8 yader Cortex-A53, 2,2 GGs;

Xotira: 4 GB tezlik xotirasi va 64 gb ichki xotira;

Kamera: 12 MP asosiy, f/1,7 va 5 MP old kamera;

Akkumulyator: 3000 mach.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Yangi aqlli, cho‘ntakbop smartfonning asosiy xususiyatlari