10:15 / 06.06.2017
5 990

Apple Pay’da foydalanuvchilar o‘rtasida pul o‘tkazmalari imkoniyati paydo bo‘ladi

Apple Pay’da foydalanuvchilar o‘rtasida pul o‘tkazmalari imkoniyati paydo bo‘ladi
Apple Pay to‘lov tizimi foydalanuvchilarga mablag‘larni bir-birlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuborish imkoniyatini beradi. Bu haqda Apple vakillari WWDC 2017 anjumani vaqtida ma’lum qilishgan.

Mablag‘larni iMessage’dagi muloqot ichida yuborish mumkin bo‘ladi. O‘tkazilgan mablag‘lar foydalanuvchining virtual kartasiga kelib tushadi.

Virtual kartadagi mablag‘larni do‘stlarga yuborish, xaridlarga to‘lovni amalga oshirish yoki bankdagi o‘z hisob raqamiga o‘tkazish imkoniyati bor. O‘tkazmalar imkoniyati iOS 11’ning barcha foydalanuvchilariga taqdim etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple Pay’da foydalanuvchilar o‘rtasida pul o‘tkazmalari imkoniyati paydo bo‘ladi