09:09 / 27.06.2017
11 751

Galaxy Note 8’ning narxi va ko‘rsatkichlari haqida...

Galaxy Note 8’ning narxi va ko‘rsatkichlari haqida...
Evan Blass ismli insayder internetda yangi Samsung Galaxy Note 8 smartfoni haqidagi tafsilotlarni oshkor qildi. Kutilishicha, smartfon sentyabrning 2-yarmida bozorga chiqariladi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uning narxi Evropada 999 evroni tashqil qiladi va buning evaziga u bozordagi eng qimmat smartfonga aylanadi. AQShda esa uning narxi 900 dollarni tashkil qiladi.

Yangi qurilma 6,3 dyuymli ekran va S-Pen stilusi bilan jihozlanadi. Gadjetning orqa korpusidagi kamerasi ikkita 12 Mp li modul va optik barqarorlashtirgichga ega bo‘ladi.

Bundan tashqari, smartfon prosessori sifatida Snapdragon 835 yoki Exynos 8895 qo‘llanadi. Uning tezkor xotirasi 6 Gb dan 8 Gb gachani, batareyasi sig‘imdorligi esa 3300 mA-soatni tashkil qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Galaxy Note 8’ning narxi va ko‘rsatkichlari haqida...