Yuridik shaxslar bir mobil operatordan beshta va undan ortiq raqamni olish uchun bu ehtiyojni yozma tarzda asoslab berishlari kerak bo‘ladi. Bu normativ huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida joylashtirilgan mobil operatorlar uchun yangi qoidalarda ko‘zda tutilgan. Bu haqda Kun nashri xabar berdi.
Hujjat loyihasiga ko‘ra, beshta va undan ortiq raqamlariga ega bo‘lgan abonent – jismoniy shaxs bilan mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasini tuzish ushbu operatorning xizmat ko‘rsatish punktlarida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, shartnoma faqatgina ehtimoliy abonent shaxsan kelganida va u tomonidan shaxsni tasdiqlovchi hujjat taqdim etilganda tuziladi. Muqobil variant sifatida pasportning asli va ishonchnoma taqdim etgan vakil bilan ham shartnoma tuzilishi mumkin.
Yangi qoidalar telefon suhbatlari va telekommunikasiya tarmoqlari orqali uzatiluvchi boshqa xabarlarning maxfiyligini saqlab qolishni nazarda tutadi. Operator va diler abonent haqidagi ma’lumotni, uning roziligisiz tarqatishga haqi yo‘q. Bunda qonunchilikda nazarda tutilgan holatlar istisnodir. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Eron Isroilga hujum uyushtirdi. Endi urush boshlanadimi?..
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi