Facebook asoschisi Mark Sukerberg SpaceX va Tesla rahbari Ilon Maskning sun’iy aql insoniyat uchun eng katta xavf ekanligi haqidagi fikriga qo‘shilmadi. Sukerberg bu borada Facebook Live onlayn-translyasiyasida o‘z fikrini aytib o‘tdi, deb yozadi «Daryo» nashri.
Sukerberg oxiratni bashorat qilishga urinishni mas’uliyatsizlarcha qilingan ish deb atash bilan birga, sun’iy aqlning kelajakdagi insoniyat uchun ijobiy rolini qayd etib o‘tdi.
«Sun’iy aql kelajakda hayotimizni yaxshiroq qiladi, oxiratni bashorat qilish esa juda mas’uliyatsiz ish», — dedi Sukerberg SpaceX va Tesla rahbari gaplariga izoh berishni so‘ragan foydalanuvchilardan birining savoliga javoban.
Avvalroq SpaceX va Tesla kompaniyalari asoschisi Ilon Mask Gubernatorlar milliy uyushmasi uchrashuvida nutq so‘zlar ekan, «sun’iy aql insoniyat sivilizasiya sifatida to‘qnash keladigan asosiy xavf» ekanligini aytgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi